Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan sportchilar taqdirlandi

Kuni kecha Toshkent viloyati Boʻstonlik tumanida joylashgan soʻlim “Bildirsoy” oromgohida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazayotgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritgan para dzyudo hamda para pauerliftingchilar va ularning trenerlari taqdirlandi.

Marosimda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.

Unda XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziya qoʻlga kiritgan sportchilarga 100 million soʻm, ularning trenerlariga 50 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofotlarining sertifikatlari topshirildi.

Oʻz navbatida paralimpiyachilar nomidan soʻzga chiqqan Uchqun Quranbayev, Dovurxon Karomatov, Farhod Umrzoqov, Sevinch Salayeva, Vasila Aliboyeva va boshqalar davlatimiz tomonidan ularga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor hamda gʻamxoʻrlikdan minnatdorligini bildirishib, yurtboshimizning ishonchini oqlash uchun Paralimpiya oʻyinlarida bor kuch va salohiyatini ishga solgan holda yuqori natijalar koʻrsatishga vaʼda berishdi.

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan para dzyudochilar:

Erkaklar:

-60 kg: Sherzod Namozov,

-66 kg: Uchqun Quronboyev,

-73 kg: Feruz Sayidov,

-81 kg: Dovurxon Karomatov,

-90 kg: Shuhrat Boboyev,

-100 kg: Sharif Xalilov,

+100 kg: Shirin Sharipov,

Ayollar:

-48 kg: Lobar Xurramova,

-52 kg: Sevinch Salayeva,

-58 kg: Parvina Samandarova,

-63 kg: Nafisa Sheripboyeva,

-70 kg: Vasila Aliboyeva.

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan para pauerliftingchilar:

-61 kg: Roʻza Qoʻziyeva,

-88 kg: Farhod Umrzoqov,

-107 kg: Nuriddin Davlatov.

Buxoro viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi

Matbuot xizmati 

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.07.2021 | 16:25
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169